JCH – 2022 musobaqalari Ummon va Quvaytda o‘tkazilishi mumkin
Sport
−
08 mart 2019
6881FIFA 2022 yili bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati ishtirokchilari sonini 32 tadan 48 taga ko‘paytirish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda.
The New-York Times nashrining xabariga ko‘ra, Janni Infantino rahbarligidagi FIFA bu taklifni ijobiy qabul qiladigan bo‘lsa, Qatarda o‘tkaziladigan turnir mezbonligiga yana ikkita mamlakat jalb etilishi mumkin. Bu mamlakatlar variantiga Ummon va Quvayt davlatlari ko‘rib chiqilayapti. Tashkilot a’zolari buni ham har tomonlama o‘rganib chiqmoqdalar.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Ummon va Quvayt varianti Qatar zimmasiga tushadigan yukni biroz kamaytirishga xizmat qiladi. Bu taklifga ko‘ra, Ummon va Quvaytda jahon chempionati guruh bosqichi o‘yinlarining bir qismi o‘tkaziladi, xolos. Pley-offdan boshlab musobaqa to‘laligicha Qatarga qaytriladi.
Ishtirokchilar sonini ko‘paytirish masalasi yaqin kunlarda FIFA va tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasida ko‘rib chiqilib, yakuniy qaror qabul qilinadi.
LiveBarchasi