O‘zbekistonda brakonerlik sabab tabiatga 2,69 mlrd so‘m zarar yetkazilgan

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 345 ta holat bo‘yicha 2 mlrd. 690 mln. so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, qo‘mitasi tomonidan may oyi – «Brakonerlikka qarshi kurash oyi» deb e’lon qilingan edi. Shu vaqt ichida 629 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlandi.

Qo‘mitaning ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi tomonidan 465 nafar huquqbuzarlarga nisbatan jami 421,9 mln. so‘m jarima belgilandi.

345 ta holat bo‘yicha 2 mlrd. 690 mln. so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hisoblandi. Hozirgacha 215 ta holat bo‘yicha 195,5 mln. so‘m jarimalar va 143 ta holat bo‘yicha 242,8 mln. so‘m tabiatga yetkazilgan zarar undirildi.

107 ta holat bo‘yicha 1 mlrd. 892 mln. so‘m jarima va tabiatga yetkazilgan zararni undirish maqsadida to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga kiritildi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Davlat ekologiya qo'mitasi tabiat

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing