Korrupsiya: yer maydoni uchun 32 ming dollar so‘ragan amaldor qo‘lga olindi

Jamiyat

image

Toshkent viloyat Zangiota tumanida yer ajratish hokim qarorini chiqartirib berishini aytgan va 32 ming dollar talab qilgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv Bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xabar bermoqda. 

2020 yil 21 yanvar kuni fuqaro I.N. ariza bilan Zangiota tumani “Yoshlik” MFY raisi deb tanishtirgan “Mahmud” ismli shaxs mazkur mahalla hududidan 16 sotix yer maydoni uchun tuman hokimining qarorini chiqartirib berishini aytayotgani haqida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat etgan.  

I.N. buning evaziga Maxmud oldindan 16.000 AQSH dollari va qaror chiqqandan so‘ng yana 16.000 AQSH dollari, jami 32.000 AQSH dollari berishini talab qilayotganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.  

Mazkur arizaga asosan, shu kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Zangiota tumani “Chig‘atoy oqtepa Agro” muqobil mashina traktor parki rahbari S.M. xizmat xonasida ariza muallifi I.N.dan 16.000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Holat yuzasidan fuqaro S.M.ga nisbatan Toshkent viloyati IIB Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Korruptsiya Zangiota

Baholaganlar

345

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing