Farg‘ona viloyati IIB Uchko‘prikdagi voqeaga munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Avvalroq, saytimizda Farg‘onaning Uchko‘prik tumanida IIB xodimlari urush faxriysi O‘rinboy ota Sharipovni ko‘rgani borganda na masofa saqlagani, na niqob taqgani haqida xabar bergan edik. Farg‘ona viloyati IIB mazkur holatga rasmiy munosabat bildirdi

Holatga oydinlik kiritilganda, Uchko‘prik tumani IIB rahbariyati, tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari, mahalla faollari, mudofaa ishlari bo‘limi vakillari hamda yoshlar bilan O‘rinboy ota Sharipovning holidan xabar olgani respublikada karantin tartibi joriy etilmasdan oldin ya’ni 2020 yil 11 mart kuni borilganligi aniqlangan.

“Ushbu tashrif haqidagi maqola O‘zbekiston Respublikasi IIVning “Postda.uz” saytida kech joylashtirilganligi va maqolada tashrif kuni aniq ko‘rsatilmaganligi sabablari mas’ullar tomonidan tegishli tartibda o‘rganilmoqda.

Hozirgi sharoitda ichki ishlar organlari xodimlari ham karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda, tibbiyot niqobi va maxsus himoyalovchi vositalar bilan, masofani saqlagan holda xizmat olib borayotganliklarini ta’kidlab o‘tish joiz.

Respublikamizda joriy etilgan karantin qoidalari barcha fuqarolarga, shu jumladan ichki ishlar organlari xodimlari uchun ham majburiy bo‘lib, karantin qoidalarini buzgan har qanday shaxs javobgarlikka tortilishi muqarrar”, deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, Postda.uz” saytida e’lon qilingan xabar ko‘p o‘tmay hech bir izohsiz o‘chirib yuborilgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

karantin

Baholaganlar

163

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing