Rossiya va Turkiya mojarosi siri 4 yilda fosh bo‘ldi
Olam
−
06 yanvar 2020
178232015 yilning 24 noyabr kuni Rossiyaning Su-24 harbiy samolyoti Turkiya harbiy kuchlari tomonidan urib tushirilgan edi. Ushbu voqea ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning buzilishiga, turli sanksiyalar e’lon qilinishiga sabab bo‘ldi. Oradan yarim yilga yaqin vaqt o‘tib, Erdo‘g‘an va Putin uzur-ma’zur aytib, kelishdilar.
Oradan 4 yildan ko‘proq vaqt o‘tib, ikki mamlakat o‘rtasida nifoq solgan va ikki harbiyning o‘limiga sabab bo‘lgan Su-24 samolyoti Fathulloh Gulen rahbarligidagi FETO terrorchilik guruhi rahnamoligida urib tushirilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda turk nashrlari bong urmoqda.
Avvalroq, FETO a’zolari o‘z maxfiy harakatlarini ByLock messenjeri orqali ssenariylashtirib borganlari aniqlangani haqida xabar bergan edik. Rossiyaning Su-24 samolyotini urib tushirishga oid topshiriq ham aynan shu messenjer orqali berilgani qayd etilmoqda.
O‘sha vaqtlarda samolyotning urib tushirilishiga oid qaror turk harbiylari tomonidan berilgani aytilgandi. Biroq, rasmiy Anqara buni tan olgani yo‘q. Vaziyat esa to‘rt yil o‘tib ma’lum bo‘ldi. Shu kuni samolyotning to‘g‘ridan-to‘g‘ri urib tushurilishi yuzasidan komandani General Go‘khan Shahin bergan.
Anqara rasmiylarining o‘sha vaqtlardagi bayonotida, Rossiyaning uchar ob’ekti Turkiya osmonlarida paydo bo‘lgan chog‘da, uchuvchilarga 5 daqiqa ichida 10 ta ogohlantiruvchi xabarlar yetkazilgani aytilgan. Shundan keyin ularga nisbatan qarshi choralar qo‘llanilgan. Rossiya Mudofaa rasmiylari esa o‘z uchuvchilarining hech qanday ogohlantiruvchi chaqiriqlarni qabul qilmaganini aytgandi.
LiveBarchasi