Shahrisabzda er rashk tufayli xotinini o‘ldirdi

Jamiyat

image

Shahrisabzda raksh tufayli turmush o‘rtog‘ini arqon bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan er hibsga olindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ`ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, shu yilning 1 aprel kuni kunduz taxminan soat 12:00 larda shaharning “Teparlik” mahallasida yashovchi qirq olti yoshli U.Q. turmush o‘rtog‘i G.S. (1981 y.t.) bilan rashk negizida o‘zaro janjallashib qolgan. Buning oqibatida er avval ayolini stulga majburan o‘tkazib, qo‘l va oyoqlarini bog‘lab tashlagan. So‘ng arqon bo‘laginining bir uchini uning bo‘yin sohasidan o‘tkazib (bo‘g‘ib) qasddan o‘ldirgan.

Holat bo‘yicha shu kunning o‘zida Shahrisabz shahar prokuraturasi tomonidan “qasddan odam o‘ldirish” (JK, 97-modda 1-qismi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Shahrisabz

Baholaganlar

599

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing