O‘zbekistonda yil boshidan beri “qora bozor” faollashdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura Joriy yilning 5 oyi mobaynida amalga oshirilgan tezkor-qidiruv va tergov tadbirlari natijasi bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, Prokuratura tomonidan Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda jinoyatlarni fosh etish yuzasidan tezkor-qidiruv va tergov tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha kompleks choralar amalga oshirib kelinyapti.

Ko‘rilgan choralar natijasida:

– joriy yilning 5 oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan jinoyatlarning umumiy soni 12 171 taga yoki 30,4 foiz (17 484) ga kamaydi;

– o‘tgan yillardagi jinoyatlarni hisobga olgan holda, joriy yilning 5 oyida 12 179 ta fosh etilmagan jinoyatlar bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilindi;

– 2018 yilda ro‘yxatga olingan 3 737 ta fosh etilmagan jinoyatlardan 1 759 tasi fosh etildi;

– o‘tgan yillarda jinoyat sodir etganlik uchun qidirilayotgan 834 nafar shaxs qo‘lga olingan, 802 ta jinoiy ish sudlarga yuborilgan;

– 2019 yilda ro‘yxatga olingan 12 171 ta jinoyatdan 11 906 tasi yoki 97,8 foiz fosh etilib, joriy yilda fosh qilinmagan jinoyatlar soni (265) 2018 yilga (1 026) nisbatan 74,1 foizga kamaydi;

– jinoyat sodir etgan 130 nafar shaxsning xorijiy davlatlardan ekstraditsiyasi ta’minlandi;

– joriy yilda sodir etilgan qotillik, bosqinchilik, nomusga tegish jinoyatlarini “issiq izlar” bo‘yicha o‘z vaqtida fosh etilishi ta’minlanmoqda;

Jumladan, Qamashi va Chiroqchi tumanlarida xususiy uylarga niqoblarda kirib, bosqinchilikni amalga oshirishga daxldor bo‘lgan 5 nafar shaxs qo‘lga olindi.

Yoki, Bekobod shahrida axlat yig‘ish punkti hududida joriy yilning 22 mayida o‘ldirilgan fuqaro R.M.ning shaxsi o‘rnatilib, qotillik fosh etildi;

– narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq 1 069 ta jinoyat aniqlandi, 258,5 kg giyohvandlik moddalari musodara qilindi;

135 nafar bedarak yo‘qolgan shaxslarning turar joyi aniqlandi, shuningdek 31 nafar noma’lum murdaning shaxsi o‘rnatildi;

– xorijiy valyuta mablag‘larining noqonuniy aylanishiga oid 312 ta fakt aniqlandi, bu 2018 yilga (187) nisbatan 66,8 foizga ko‘pni tashkil qiladi.

Yil boshidan buyon 2,0 mln AQSH dollaridan ortiq, 3,2 mlrd so‘m va 435 mln so‘mga teng boshqa chet yel valyutasi noqonuniy muomaladan chiqarildi;


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Bosh prokuratura

Baholaganlar

38

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing