Ijtimoiy tarmoqlarda “Messi qidirilmoqda” (foto)

Sport

image
0:00
0:00
download

2022 yilgi Jahon chempionatining Janubiy Amerika mintaqasi saralash bahslarining 14 turidan o‘rin olgan Argentina va Braziliya uchrashuvidan so‘ng (0:0), ijtimomiy tarmoqlarda Lionel Messining antiqa surati tarqaldi.

O‘yin durang natija bilan yakunlangach, braziliya OAVda Messi ishtirokidagi surat ommalashdi. U g‘arb uslubida olingan bo‘lib, Messining surati tepasida “qidirilmoqda”, deya yozib qo‘yilgan. Bunga argentinalik futbolchining 90 daqiqa davomida aniq zarba bermagani va gol ura olmagani sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, PSJ rahbariyati Argentina futbol assotsiatsiyasiga terma jamoaning o‘yin vaqti bo‘yicha ultimatum qo‘ygan edi. Unga ko‘ra Lionel Messi bir uchrashuv davomida 20 daqiqadan ko‘proq  maydonda harakat qila olmasligi aytib o‘tilgan edi. 

Ma’lumot uchun, Argentina terma jamoasi saralash bahslarida 29 ochko jamg‘argan holda 2-o‘rinni egallab turibdi va Qatar mamlakati mezbonlik qiladigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Messi Jahon chempionati Braziliya Argentina Qatar-2022

Baholaganlar

1009

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing