Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga har oy pul beriladi

Jamiyat

image

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan oshmagan miqdorda (hozirda 1 200 000 so‘m) 12 oygacha (jami 14 400 000 so‘m) turar joy ijarasi uchun subsidiya ajratiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilandi.

Nizomga ko‘ra, tuman (shahar) “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan va moddiy ahvoli og‘ir yoshlarga  BHMning 4 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ajratiladi. Shuningdek jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga yo‘naltiriladi:

•  “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismini, biroq bir oygacha, bir oydan ikki oygacha, ikki oydan ortiq muddatli o‘quv kurslari uchun tegishlicha BHMning 4, 8, 12 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi qismini qoplashga;

•  “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ularning davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlarida avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash o‘quv kursi xarajatlarini qoplash uchun BHMning 4 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;

•  “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, dehqonchilik va tomorqa xo‘jaligini yuritish bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun BHMning 8 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;

•  “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati hamda o‘zini o‘zi band qilish maqsadida noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarini ko‘pi bilan bir yilda 30 foiz, biroq BHMning 25 baravarigacha miqdorda qoplashga;

•  “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilish uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilishga BHMning 40 baravarigacha miqdorda subsidiya. ajratishga;

•  mamlakatdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berishga;

•  yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o‘rganishi va ularni xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha olti oygacha muddatli o‘quv kurslar uchun har oyda BHMning 4 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;

•  ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olti oygacha muddatli o‘quv kurslari uchun har oyda BHMning 1 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;

•  “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning fuqarolik pasporti (biometrik pasport) olish badalini qoplab berish;

•  ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarning mahalliy bosqichlarida qatnashish xarajatlari uchun BHMning 4 baravarigacha hamda xalqaro bosqichlarida qatnashish xarajatlari uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;

•  “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh oilalarning o‘quvchi farzandlari uchun bir kalendar yilida bir marotaba maktab formasi xamda o‘quv qurollari uchun xarajatlarini qoplash;

•  “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar hamda tengdoshlari orasida namuna ko‘rsatgan faol yoshlarning mamlakat bo‘ylab turizm ob’ektlariga sayohatlari uchun mehmonxona va yo‘l xarajatlarini qoplab berish;

•  yoshlarga ta’lim, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalar sohasiga va fanlarni o‘qitishga ixtisoslashgan ta’lim tashkilotlarining uch oy muddatgacha noturar joy ijara xarajatlari uchun BHMning 50 baravarigacha. miqdorda subsidiya ajratishga;

•  moddiy ahvoli og‘ir bo‘lgan 30 yoshdan oshmagan bemor fuqarolarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratishga;

•  psixologik maslahatga muhtoj yoshlarga ixtisoslashgan nodavlat notijorat tashkilotlari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan pulli pcixologik xizmat ko‘rsatilishi bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga;

•  ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tash badalini to‘liq miqdorda qoplash uchun subsidiya ajratishga;

•  yoshlarga yangi turmush qurayotganda, o‘z xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun 33 million so‘mgacha garovsiz kredit ajratishga kafillik berishga;

•  ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda 12 oygacha turar joy ijarasi uchun subsidiya ajratishga;

•  Yoshlar ishlari agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan kalendar, rejada belgilangan mahalla, sektor va tuman (shahar) darajasidagi loyihalar, yoshlar festivallari, forumlar, tanlovlar va boshqa madaniy-ma’rifiy tadbirlarni moliyalashtirishga;

•  mahalladagi yoshlar yetakchisining tuman (shahar) Vasiylik kengashiga kiritgan iltimosnomasiga binoan Kengash raisi Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasiga “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning muammolarini “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yetarli darajada hal qilinganligi to‘g‘risida axborot beradi. Mazkur axborot asosida Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmasi tavsiyasi bilan tuman (shahar jamg‘armasidagi mavjud mablag‘lar hisobidan mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uzun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga mo‘ljallangan yengil turdagi kichik kutubxonalar va sport ob’ektlarini barpo etish hamda ularni zamonaviy jihozlashga mablag‘ yo‘naltirish;

•  qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan boshqa xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

jamg'arma yoshlar subsidiya Qaror nizomi

Baholaganlar

208

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing