Izboskanning sobiq hokimi qamaldi

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Izboskan tumani sobiq hokimi bir nechta moddalarda ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, qamaldi. Bu haqda Andijon viloyati sudlari xabar berdi. 

Bildirilishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudida Andijon viloyati prokurori o‘rinbosarining iltimosnomasi asosida Izboskan tumanining sobiq hokimi Serobiddin Ismoilov ishi ko‘rib chiqildi.

U Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) 2-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda. 

Ismoilov Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi (ushlab turish asoslari) tartibida ushlangan. Sudda unga nisbatan Andijon shahar sudining 2023 yil 21 dekabrdagi ajrimi bilan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanishi va tergov hibsxonasiga joylashtirilishi belgilandi.

Ma’lumot uchun, Serobiddin Ismoilov 1974 yilda Andijon viloyatida tug‘ilgan. Shu vaqtga qadar Andijon viloyat hokimligi xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i (2015-2017), viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari (2017-2018) bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, Serobiddin Ismoilov 10 dekabr kuni Andijon viloyatida bo‘lib o‘tgan Prezident maslahatchisi o‘rinbosari hamda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov boshchiligidagi Xalq deputatlari Izboskan tumani Kengashining sessiyasida tuman hokimi lavozimida ozod etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat Andijon Izboskan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing