Iyul oyida o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutayotgani ma’lum qilindi
Bu qiziq
−
29 iyun 2023
25044O‘zbekistonda iyul oyi juda issiq bo‘lmasligi kutilmoqda. Bu bo‘yicha Respublika Gidrometeorologiya xizmati Jahon prognostik markazlarining hisob-kitoblariga asosalangan holda xabar qildi.
Keltirilishicha, respublikaning katta qismida o‘rtacha oylik harorat odatiy ko‘p yillik havo haroratiga yaqin bo‘lishi kutilmoqda. Faqat shimolda, janubda va cho‘l hududlarning ba’zi joylarida me’yordan 1-1,5 darajaga yuqori harorat bo‘ladi.
O‘zbekiston hududida Eron hududlaridan yana issiq havo kirib kelishi hisobiga iyul oyi issiq ob-havo bilan boshlanadi. 1-3 iyul kunlari havo harorati 37-40 darajaga, cho‘l hududlarda va respublikaning janubida 41-43 daraja issiqga ko‘tariladi.
Iyul oyi birinchi o‘n kunligining o‘rtalariga kelib, harorat 3-5 darajaga pasayishi kutilmoqda.
Keyinchalik, oyning oxirigacha havo harorati kechalari 20-25 daraja atrofida, ba’zi joylarda 27 darajagacha, kunduz kunlari 33-38 darajagacha, ayrim kunlarda 39-41 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 42-45 daraja issiqgacha bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, asosan tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
LiveBarchasi