Ivanka Tramp hashamatli kvartirani ijaraga olishdan voz kechdi

Olam

image

AQSHning sobiq Prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka va uning turmush o‘rtog‘i, tadbirkor Jared Kushner Floridadagi hashamatli kvartirani ijaraga olishdan voz kechishga qaror qildi. Bu haqda New York Post nashri xabar berdi.

Xonadon okeandagi The Arte binosida joylashgan. Er-xotin kvartirani tark etishga qaror qilgan. Bu uylar 2023 yilda bozorga 18,8 million dollarga chiqishi kerak. Ivanka Tramp oilasi bilan o‘zining Indian-Krikdagi saroyini ta’mirlayotganda bu xonadonda yashagan.

650 kvadrat metrlik kvartirada oltita yotoq xonasi va ko‘plab terassalar mavjud. Ichki makon zamonaviy uslubda bo‘lib, okean manzaralarini tomosha qilish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning boshida Ivanka Tramp oilasi Mayamidagi The Arte turar-joy majmuasidan bir yilga hashamatli kvartira ijaraga olgan edi.

Avvalroq Nyu-Yorkda AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning birinchi rafiqasi Ivanaga tegishli uy sotuvga qo‘yilgani haqida xabar tarqalgan edi. Taunxaus Manxettenning Lenoks-Xill kvartalida joylashgan bo‘lib, ular buning uchun 26,5 million dollar so‘rashgan.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

120

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing