Italiyaning grand klubi yaponiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Sport

image

Italiyaning “Napoli” klubi Myunxengladbaxning “Borussiya” jamoasi markaziy himoyachisi Ko Itakuraga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Sky Sport Germany” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, neapolliklar Yaponiya terma jamoasining 26 yoshli futbolchisi uchun 12 million yevro taklif qilishga tayyor, nemis klubi esa uni 15 millionga baholamoqda.

Qayd etish joiz, Neapol klubi 50 million funt evaziga “Bavariya”ga koreyalik futbolchisi Kim Min Chjeni sotib yubordi. Klub Itakurani aynan sobiq koreyalik futbolchisiga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. 

Ma’lumot uchun, Ko Itakura o‘tgan mavsum Bundesligada 24 ta o‘yinda maydonga tushdi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, uning qiymati 12 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Napoli Ko Itakura

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made