Italiyalik sobiq futbolchi vafot etdi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Jahon va Yevropa chempionatlarining bronza medali sovrindori Janluka Vialli 58 yoshida vafot etdi. Bu haqda Vialli yaqin vaqtgacha ekspert sifatida ishlagan Sky Sports telekanali xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Janluka Vialli oshqozon osti bezi saratonidan vafot etgan. Bu tashxis unga besh yil oldin, ya’ni 2017 yilda qo‘yilgan. 2020 yilda Vialli 17 oylik kimyoterapiya kursidan o‘tib, murabbiylik faoliyatiga qaytgan. Shundan so‘ng sobiq sportchi saraton kasalligini yengishga muvaffaq bo‘lganini, ammo 2021 yilda kasallik qaytganini aytdi.

2022 yil oxirida uning ahvoli og‘irlashib, umrining so‘nggi kunlarini shifoxonada o‘tkazdi.

Ma’lumot uchun, Vialli Italiya terma jamoasi va “Chelsi” (Angliya) hujumchisi sifatida nom qozongan. Viallining karerasi “Kremoneze”, klubida boshlangan. O‘z faoliyati davomida Italiyaning “Kremoneze”, “Sampdoriya» va “Yuventus” jamoalari sharafini ham himoya qilgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing