Italiyadagi qariyalar uyi yonib ketdi. 90 ga yaqin odam jabrlandi

Olam

image

Italiyaning Milan shahridagi qariyalar uyida kecha, 6 iyul kuni yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda ANSA xabar berdi. 

Qayd etilishicha, yong‘in shaharning janubi-sharqiy qismidagi Korvetto tumanida sodir bo‘lgan. Tasodifiy yong‘in kelib chiqishining sababi hozircha ma’lum emas. Yong‘in uch qavatli binoda yuz bergan. Hodisa oqibatida bir xonada yashagan 69 va 87 yoshli ikki ayol kuyish tan jarohati bilan halok bo‘lgan bo‘lsa, 75, 84, 85 yoshli uch ayol va 73 yoshli erkak tutundan zaharlanish sababli vafot etgan. Shuningdek, 81 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Davolanayotganlardan uch nafarining ahvoli og‘irligi, tutundan zaharlanish tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan 40 kishining holati esa yaxshi ekani aytilmoqda. 

Voqea joyiga 4 ta favqulodda xizmat brigadasi, 11 ta tez yordam mashinasi va boshqa xizmatlar jalb qilingan. Qutqaruv guruhlari quyuq tutun sabab qiyinchiliklarga duch kelgan. Yong‘in binoning birinchi qavatidan chiqib, ikkinchi qavat ham alanga ichida qolgan. Yongan bino qisman yaroqsiz holga kelgan. Undagi ba’zi mehmonlar muassasaning boshqa qanotlariga olib o‘tilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Kemerovo viloyatidagi qariyalar uyida sodir bo‘lgan yong‘inda 4 kishi yonib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Italiya qariyalar uyi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing