Qariyalar uyida yong‘in. 87 yashar onaxon va 3 erkak qurbon bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 8 yanvar kuni Rossiyaning Kemerovo viloyatidagi “Oltin asr” nomli qariyalar uyida yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda 4 kishi alanga ichida qolib, vafot etgan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda. 

Yong‘in binoning birinchi qavatida, 10 kv metr maydonda sodir bo‘lgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘inda shaxsiy buyumlar yongan. Favqulodda holat sabab uch erkak va 87 yoshli ayol halok bo‘lgan. 

Binodan 48 kishi evakuatsiya qilingan, shundan 16 nafari yotoqda yotgan bemorlardir. Yong‘inni o‘chirishga 48 kishi va 14 ta maxsus texnika jalb qilingan. Ayni vaqtda yong‘in o‘chirilgan. Qariyalar va xodimlar binoga qayta joylashtirilmoqda. 

Favqulodda vaziyatlar xizmatidagi manbaning TASSga ma’lum qilishicha, yong‘in qozonxonadan elektr jihozlarining avariyali ishlashi tufayli boshlangan. Qozonxona keksalar joylashgan xonalarning ro‘parasida bo‘lgan. Qurbonlarning o‘limiga yong‘in oqibatida zaharlanish sabab qilib ko‘rsatilmoqda 
 
Manba shuningdek, favqulodda vaziyat vaqtida binoda faqat ikki hamshira navbatchilik qilganini qo‘shimcha qilgan. Qariyalar uyida yong‘in signalizatsiyasi odatdagidek ishlagan. 

Favqulodda holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan tekshiruv tashkil etilgan. Voqea joyiga Kemerovo viloyati prokurori Konstantin Mayer yetib borgan. 

Yong‘in fakti bo‘yicha xavfsizlik talablariga javob bermaydigan xizmatlar ko‘rsatish holatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, qariyalar uyi rahbari va uning o‘rinbosariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Qariyalar uyi haqida nimalar ma’lum? 

Ochiq manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, "Oltin asr" pansionati xususiy tadbirkorga tegishli bo‘lib, u qariyalarning haftada 7 kun 24 soat istiqomat qilishi uchun mo‘ljallangan.  Muassasa 2020 yilda mikrokorxona sifatida ochilgan, ya’ni uning xodimlari soni 15 kishidan oshmasligi kerak. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligidagi manbaning ma’lum qilishicha, o‘tgan yil davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan pansionatda ikki marta tekshiruv o‘tkazilib, 18 ta yong‘in xavfsizligi talablarining buzilishi aniqlangan, binoda shundan 15 tasi bartaraf etilgan. 
2021 yil dekabr oyining oxirida muassasa direktori yong‘in xavfsizligi talablarini takroran buzgani uchun 15 ming rubl miqdorida jarimaga tortilgan.  


Maqola muallifi

Teglar

Qariyalar uyi

Baholaganlar

173

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar