Italiyada Yangi yil munosabati bilan lokdaun e’lon qilinadi
Olam
−
19 dekabr 2020
3332Italiya Hukumati koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq karantin choralarini kuchaytirishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri Juzeppe Konte ma’lum qilgan.
Mamlakatda Yangi yil va Rojdestvo bayramlari uchun lokdaun e’lon qilinadi. Cheklovlar joriy yilning 24 dekabridan 2021 yilning 6 yanvarigacha amal qiladi.
Qabul qilingan farmonga binoan, ushbu vaqt mobaynida Italiyadagi do‘konlar yopiladi. Oziq-ovqat supermarketlari, dorixonalar va zarur mahsulotlarga ega do‘konlar bundan mustasno. Barlar va restoranlarda faqat olib ketish xizmati amalda bo‘ladi.
Hududlar o‘rtasida harakatlanish taqiqlanadi. Aholi o‘rtasida mehmondorchilikka ruxsat beriladi. Ammo uydan faqat ikki kishi, bir kunda bir marta chiqishiga ruxsat beriladi.
Bosh vazir, shuningdek, 27 dekabrdan Italiyada koronavirusga qarshi emlash ishlari boshlanishini ma’lum qilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyada koronavirusga chalinganlar soni 1,92 mlndan oshgan. 67 ming 894 nafar bemor vafot etgan.
LiveBarchasi