Italiyada uylar 1 yevrodan sotilmoqda

Olam

image

Italiyaning Vichensa provinsiyasi shimolidagi o‘nta munitsipalitet birlashmasi tog‘li hududlarga hayotni qaytarish va aholi ko‘chib ketishini to‘xtatish maqsadida yaroqsiz holdagi ko‘chmas mulk ob’ektlarini ramziy 1 yevro narxda sotuvga qo‘ydi. Bu haqda “leggo.it” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Pasubio Pikkole Dolomiti tog‘li jamoalari ittifoqi “Pnrr Green Communities” dasturi doirasida rekonstruksiya qilish rejasini ilgari surgan. Ariza topshirish muddati joriy yil 16 aprelda tugagan bo‘lsa-da, raqamlar tashabbusga qiziqish juda yuqori ekanini tasdiqlamoqda: ittifoq idoralariga 78 ta rasmiy xarid taklifi kelib tushgan, ulardan to‘qqiztasi chet eldan, beshtasi esa Italiyada yashovchi xorijliklardan. Dastlab foydalanilmayotgan deb e’lon qilingan 385 ta ko‘chmas mulk ob’ektidan 24 ta bino amalda bozorga chiqarilgan.

Ittifoq prezidenti va Monte-di-Malo meri Moze Skvarson ushbu operatsiyani “pulga emas, balki hayotga kiritilgan investitsiya” deb ta’riflamoqda.

“Asosiy maqsad – zamonaviylik va qulaylik ketidan quvib huvillab qolgan joylarga odamlarni qaytarishdir”, deydi u.

Yaroqsiz uylarga sarmoya kiritishga tayyor bo‘lgan xaridorlarning yakuniy ro‘yxati joriy yil may oyi boshida e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya Pasubio Pikkole Dolomiti Vichentsa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing