Italiyada Ukrainani qayta tiklash bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tadi
Olam
−
11 Oktabr
16842025 yilda Ukrainani tiklash bo‘yicha konferensiya Italiyada bo‘lib o‘tadi. Bu haqda kecha, 10 oktyabr kuni Rimda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng Bosh vazir Jorjiya Meloni ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tadbir 10-11 iyul kunlariga mo‘ljallangan.
"Ukraina yolg‘iz emas va biz uni kerak bo‘lganda qo‘llab-quvvatlaymiz", degan Meloni.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Italiyaning qo‘llab-quvvatlashi Kiyevga “tinchlik, taslim bo‘lishi mumkin bo‘lmagan tinchlik uchun muzokaralarni boshlash uchun eng yaxshi imkoniyat” berishi kerak.
Bungacha Ukrainani tiklash bo‘yicha shunga o‘xshash konferensiyalar Londonda (2023 yil 21-22 iyun) va Berlinda (2024 yil 11-12 iyun) bo‘lib o‘tgan. 2024 yil 15-16 iyun kunlari Shveysariyaning Byurgenstok kurort shahrida ham Ukraina bo‘yicha tinchlik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Zelenskiyning Yevropa bo‘ylab safari
Ma’lumot uchun, Rimga borishdan oldin Vladimir Zelenskiy Londonga tashrif buyurdi, u yerda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer bilan, Parijda esa Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan muzokaralar o‘tkazdi. Zelenskiy uning Yevropa poytaxtlariga safari Rossiya bilan mumkin bo‘lgan sulh shartlarini muhokama qilish niyati bilan bog‘liqligi haqidagi ma’lumotni rad etdi.
"Men ba’zi ommaviy axborot vositalarida go‘yoki sulh haqida gapirish uchun kelganimni ko‘rdim. Bu yolg‘on ma’lumot", dedi Ukraina Prezidenti Makron bilan uchrashuvdan keyin.
Zelenskiyning fikricha, bunday mish-mishlarning tarqalishi ortida Rossiya turibdi. Shu bilan birga, u ittifoqchilarni Ukrainaga yordam berishni davom ettirishga chaqirdi.
Bugun, 11 oktyabr kuni Zelenskiy Vatikanda Rim papasi Fransisk qabulida bo‘lishi kutilmoqda. Kunning ikkinchi yarmida u Berlinda Germaniya kansleri Olaf Shols bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
Jasmina Rasulova
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr