Italiyada sayyohlarga kutilmagan taklif berildi

Olam

image

Rimdan ikki soatlik masofada joylashgan Italiyaning Molise mintaqasida sayyohlar bo‘sh uy va villalarda yetti kun davomida bepul turishlari mumkin. Bu haqda “The Sun” nashri yozmoqda.

Aksiya shahar hokimligi tashabbusi bilan Amici Del Morrutto madaniy uyushmasi hamkorligida tashkil etildi. Umuman olganda, viloyat 4 iyuldan 3 oktyabrgacha San-Jovanni qishlog‘ida yoz davomida 40 ta bepul sayohatni taklif etadi.

Sayyohlar villalarning ikki, uch yoki to‘rt yotoqdan iborat xonalarida qolishi mumkin, deyiladi xabarda.

Hozirgi vaqtda koronavirus bilan kasallanish darajasi past bo‘lgan mintaqada atigi 305 ming kishi istiqomat qiladi. Odamlar bu yerdan chiqib ketishgani sababli ko‘plab uylar bo‘sh qolgan.

Ta’kidlanishicha, italyan tilida maxsus dasturni to‘ldirish kerak bo‘ladi. Bir ma’lumotda besh nafargacha odamni va qolishni istagan sabablarni ko‘rsatish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya

Baholaganlar

127

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing