Italiyada migrantlar avtomobilda tiriklayin yoqib yuborildi

Olam

image

Italiya janubidagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida (AYOQSH) mashinaga o‘t qo‘yilishi oqibatida to‘rt nafar migrant halok bo‘ldi. Ushbu jinoyat ishi bo‘yicha ikki kishi qo‘lga olingan. Bu haqda tergov organlari ma’lumotiga tayanib, “The Guardian” xabar berdi.

Qayd etilishicha, fojia Italiyaning Kalabriya mintaqasida yuz bergan. U yerdagi AYOQSH hududida avtomobilning yoqib yuborilishi oqibatida to‘rt nafar migrant ishchi hayotdan ko‘z yumgan. Halok bo‘lganlarning uch nafari Afg‘oniston, bir nafari esa Pokiston fuqarosi bo‘lgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil Kozensa shahri yaqinidagi Amendolara kommunasida joylashgan yonilg‘i quyish shoxobchasida yonib ketgan.

Prokuror Alessandro D'Alessioning ma’lum qilishicha, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilinib ikki nafar Pokiston fuqarosi hibsga olingan. Ularga nisbatan og‘irlashtiruvchi holatlarda qotillik sodir etish ayblovi qo‘yilgan.

Hujum kuzatuv kameralariga muhrlanib qolgan. Italiya OAVlarining xabar berishicha, gumonlanuvchilar mashina yonilg‘i quyish ustuni yaqinida turgan vaqtda unga tez yonuvchi suyuqlik sepib, o‘t qo‘yib yuborishgan. Yana bir Afg‘oniston fuqarosi avtomobilning yukxonasi (bagaj) orqali tashqariga chiqishga ulgurgan. U qo‘llaridan kuyish jarohati olgan, biroq tirik qolgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Huquq-tartibot idoralari voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Germaniyadagi ko‘ldan 24 yoshli qirg‘izistonlik qizning jasadi topilgan edi. O‘lim sabablari va tafsilotlari haqida hozircha ma’lumot yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

migrant Italiya Kalabriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing