Italiyada kuchli vulqon otildi (video)

Olam

image

Italiyaning Sitsiliya orolida joylashgan Etna tog‘idagi vulqon uyg‘ondi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi

Italiya Milliy geofizika va vulqonologiya instituti bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Etna tog‘idagi vulqonning janubi-sharqiy kraterida lavalar 3 ming metrgacha ko‘tarilgan. Sizib chiqqan lava oqimini mahalliy aholi ko‘ra olgan. Keyingi soatlarda vulqon faolligi pasaya boshlagan, biroq kul va tutun tufayli Kataniya shahridagi aeroport faoliyati to‘xtatilgan.

Aeroport xodimlari Kataniyada bugun soat 20:00 gacha barcha reyslar to‘xtatilganini aytmoqda. Bu aeroport Sitsiliyadagi ikkinchi yirik aeroport bo‘lib, ichki va xalqaro reyslarni amalga oshiradi.

Hozirda vulqon harakati sekinlashgan, ammo Kataniyaning ko‘p qismidagi ko‘chalarni kul bosgan. Shahar meri 16 avgustga qadar mazkur hududda mototsikllardan foydalanishni taqiqlagan. Mashinalarga esa soatiga 30 kilometrdan ortiq tezlikda harakatlanish man etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya vulqon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing