Italiyada gaz portlashi ortidan 12 kishi bedarak yo‘qoldi
Olam
−
12 dekabr 2021 3797 1 daqiqa
Italiyaning Sitsiliya orolida joylashgan 5 qavatli turar joy binosida gaz portladi. Oqibatda 12 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Ravanusa shahrida kuchli portlash yuz bergan. Oqibatda 5 qavatli turar joy binosi va unga tutash 2 ta bino qulab tushgan.
Xabarga ko‘ra, 12 kishi bedarak yo‘qolgan. Ular orasida 3 nafar bola va bir juftlik ham bor. Ayol homilador bo‘lgan.
Voqea joyiga o‘t o‘chirish brigadalari, tez yordam va favqulodda xizmat xodimlari yetib borgan. Shuningdek, ko‘ngillilardan yana 3 ta guruh kelib qo‘shilgan. Qidiruv ishlarini gazning doimiy chiqayotganligi ma’lum vaqt to‘xtatib qo‘ygan.
Live
Barchasi