Italiyada favqulodda holat e’lon qilindi

Olam

image

Italiya hukumati muhojirlar oqimi ko‘pligi sababli mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda mamlakatning ANSA agentligi xabar berdi.  

Keltirilishicha, davlatning eng ko‘p jabrlangan janubiy hududlariga 5 million yevro miqdorida yordam ko‘rsatiladi. Bu mablag‘lar yangi qochqinlarni qabul qilish markazlarini ochishga sarflanadi.

Favqulodda holat davrida bunday markazlarni ochish osonroq bo‘ladi, biroq ayni paytda noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilish tartibi ham soddalashtiriladi. 

Italiya fuqarolik mudofaasi va dengiz siyosati vaziri Nello Musumechi ko‘rilgan choralar yetarli emasligini tanqid qilgan. U mamlakatdagi migratsiya inqirozini hal qilish uchun Yevropa Ittifoqining aralashuvi zarurligini aytgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yil boshidan beri Italiyaga 31 mingdan ortiq noqonuniy muhojir kelgan. O‘tgan yilning shu davrida muhojirlar soni atigi 7900 ga yaqin edi.

Qochqinlar Tunis va Liviyadan O‘rta yer dengizi orqali janubiy Italiya va Maltaga o‘tishga harakat qilmoqda. Ular yaroqsiz qayiqlarda o‘tyapti, buning oqibatida ularning katta qismi halok bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya favqulodda holat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing