Italiyada 100 dan ortiq odamni o‘ldirgan mafioz qamoqdan chiqarildi
Olam
−
02 iyun 2021
9676Italiyada Sitsiliyaning “Cosa Nostra” mafiya guruhi a’zosi Jovanni Bruska 25 yillik qamoqdan so‘ng muddatidan oldin ozod qilindi. Bu haqda CNN xabar bergan.
64 yoshli Bruska 100 dan ortiq odamni, shu jumladan tanasi kislotada eritilgan 14 yoshli bolani o‘ldirishda ishtirok etganini tan olgan.
Mafioz 1996 yilda hibsga olingan va umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. U umrbod qamoq jazosining 26 yilini sudya Jovanni Falkonening o‘limiga sabab bo‘lgan bombardimon uchun olgan.
Biroq, joriy yilning 31 may kuni jinoyatchi to‘rt yillik sinov muddati bilan qamoqdan ozod qilindi. Uning muddatidan oldin ozod etilishiga boshqa jinoyatchilarni ochish uchun tergov organlari bilan hamkorlik qilgani sabab bo‘lishi mumkin.
LiveBarchasi