Italiya va Rossiya o‘rtasida “shpionlik” mojarosi avj olmoqda

Olam

image
0:00
0:00
download

Rimda Italiya dengiz floti kapitani Rossiya uchun josuslikda ayblanib hibsga olindi. Karabinerlar maxsus kuchlari xodimlari uni Rossiya elchixonasida ishlayotgan zobit bilan uchrashuv paytida qo‘lga olgan. Bu haqda mahalliy “La Repubblica” nashri xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, hibsga olish Rossiya foydasiga josuslik qilish ishi bo‘yicha Rim prokuraturasining orderi asosida amalga oshirilgan. Qo‘lga olish operatsiyasi maxfiy hujjatlarni pul mukofoti evaziga topshirish paytida amalga oshirilgan.

Rossiyaning Rimdagi elchisi Sergey Razov ushbu voqeadan so‘ng, Italiya Tashqi ishlar vazirligiga taklif qilingan.

Italiya Tashqi ishlar vaziri Luidji Di Mayo Rossiya uchun josuslik ishi doirasida ikki rossiyalik diplomatni zudlik bilan mamlakatdan chiqarib yuborilishini e’lon qilgan.

Italiya matbuoti ushbu hodisani “Sovuq Urushdan” keyingi eng jiddiy voqea, deya talqin qilmoqda.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi diplomatlarning Italiyadan chiqarib yuborilishidan afsusda ekanini ma’lum qilgan. 

“Biz Rossiya elchixonasining ikki xodimi Rimdan chiqarilishi munosabati bilan afsusdamiz. Ushbu qarorning qabul qilinishi bo‘yicha o‘rganish olib boryapmiz. Ikki tomonlama munosabatlar darajasiga to‘g‘ri kelmaydigan holat bo‘yicha keyingi qadamlarimiz to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beramiz”, deyiladi vazirlik xabarida.

Rossiya Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa ushbu hodisa ikki mamlakat o‘rtasidagi muloqotga halal bermasligiga umid bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Italiya josus

Baholaganlar

178

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing