Italiya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tiklamoqchi

Olam

image

Italiya diplomatik aloqalari uzilganidan 12 yil o‘tib, Suriyaga o‘z elchisini qayta yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani 25 iyul kuni parlament qo‘mitalari oldida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Rim Rossiyaning Yaqin Sharqdagi diplomatik sa’y-harakatlari monopoliyaga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Suriya bilan diplomatik aloqalarni tiklashga harakat qilmoqda. Bunday diplomatik harakat esa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasida bo‘linishni keltirib chiqarishi mumkin.

Shuningdek, bir qator nashrlar Germaniya ham Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tiklaganini yozmoqda. Biroq mamlakat Tashqi ishlar vazirligi bu bo‘yicha rasmiy ma’lumot bermadi.

Ma’lumot uchun, fuqarolar urushi boshlanganidan so‘ng, 2012 yilda Italiya Suriyadagi elchixonasini yopishga qaror qildi va diplomatik organini mamlakat hududidan olib chiqib ketdi. Shu yili Germaniyaning Damashqdagi elchixonasi ham yopildi. Berlin hukumati bilan diplomatik aloqalarni minimal darajaga tushirdi. Bundan tashqari, bir qancha suriyalik diplomatlar, jumladan 2012 yil may oyida Hula qirg‘inidan keyin Suriyaning Germaniyadagi elchisi ham mamlakatdan chiqarib yuborilgan. Qo‘shma Shtatlar kabi boshqa G‘arb davlatlaridan farqli o‘laroq Berlin Damashq bilan diplomatik aloqalarni butunlay uzmagan. Suriyadagi inqiroz kontekstida Germaniya unga milliardlab dollarlik gumanitar yordam ko‘rsatdi va ko‘p sonli suriyalik qochqinlarni o‘ziga qabul qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriya Prezidenti Bashar Asad o‘z mamlakatida boshqaruv shaklini respublika boshqaruvidan monarxiyaga o‘zgartirish imkoniyatlarini o‘rganayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Suriya Italiya Yaqin Sharq Antonio Tayani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made