Italiya Prezidenti va uning qizi “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga bordi (foto)

Jamiyat

image

Bugun, 10 noyabr kuni Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella va uning qizi Laura Mattarella O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, oliy martabali mehmonlar majmua me’moriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan batafsil tanishgan.

O‘zbekistonning qadimgi tarixidan boshlab to bugungi kunga qadar, 3 ming yillik davr ichida yuz bergan eng muhim voqealarni o‘zida mujassam etgan ushbu majmua Italiya delegatsiyasi a’zolarida katta taassurot qoldirgan.

“Ta’kidlash joizki, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan mehmonlarning Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan bunyod etilgan mazkur muhtasham majmua bilan tanishuvi an’anaga aylangan”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, bundan tashqari, Prezident Serjo Mattarella Samarqand va Xiva shaharlariga tashrif buyurib, O‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosi bilan tanishadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Serjo Mattarella Laura Mattarella

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made