Italiya Prezidenti O‘zbekistonga keldi
Jamiyat
−
09 noyabr 2023
10509O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella bugun, 9 noyabr kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
Uni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib olgan.
Tashrif doirasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibidan O‘zbekiston bilan Italiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ustuvor yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.
O‘zbekiston Prezidentining joriy yil iyun oyidagi Italiyaga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi.
Sammit yakunida qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Shuningdek, Prezident Serjo Mattarella Samarqand va Xiva shaharlariga tashrif buyurib, O‘zbekistonning madaniy-tarixiy merosi bilan tanishadi.
LiveBarchasi