Italiya “qurib boryapti”

Olam

image

Italiya Po daryosi atrofidagi hududlar uchun suv tanqisligi sababli favqulodda holat e’lon qildi. Holat beshta shimoliy mintaqada: Emilia-Romagna, Friuli Venezia Giulia, Lombardiya, P’emont va Veneto hududlarida joriy etildi. Ularga suv tanqisligini bartaraf etishga yordam berish uchun dastlabki 38 million dollar mablag‘ ajratildi.

“Favqulodda holat joriy vaziyatni favqulodda vositalar va vakolatlar bilan boshqarish, jabrlangan aholiga yordam ko‘rsatishga qaratilgan”, deyiladi hukumat qarorida.

Bu hududlarda mamlakat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining qariyb uchdan bir qismi yetishtiriladi. U yerda aholi so‘nggi 70 yildagi eng yomon qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda.

Italiya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Bosh vazir Mario Dragi ham qurg‘oqchilikka qarshi choralarni muvofiqlashtirish uchun komissar tayinlashni ko‘rib chiqmoqda. 

Ma’lumot uchun, Po Italiyaning eng uzun daryosi bo‘lib, u davlat shimolidan 650 kelometrga cho‘zilgan. Hozirda suv yo‘lining ko‘p qismlari qurib qolganligi sababli oqim sekinlashgan. Buning oqibatida dengiz suvi ichkariga kirib qolib, ekinlarni nobud qilmoqda.

Qo‘shimchalarga ko‘ra, suv idoralari markaziy Italiyaga tobora ko‘proq ta’sir ko‘rsatayotgan qurg‘oqchilik bilan kurashish uchun kelajakda qo‘shimcha choralar ko‘radi. Bunga Italiyada qish o‘ta quruq bo‘lishi va bahordan so‘ng yozning tez isib ketishi sabab bo‘lmoqda.

Muhayyoxon Habibullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

306

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing