Italiya G‘azoga harbiylarini yuborishga tayyorligini bildirdi
Olam
−
19 yanvar
13099Agar BMT Falastin anklavida tinchlikparvarlik missiyasini tashkil etishga qaror qilsa, Italiya rasmiylari G‘azo sektoriga kontingent yuborishga tayyor. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani “Radio24” efirida ma’lum qildi.
“Agar o‘tish davrida G‘azoda tinchlikparvarlik missiyasi zarur bo‘lsa, biz BMT bilan birga tinchlikparvar kuchlar sifatida askarlarimizni jo‘natishga tayyormiz”, deydi u.
Vazir hozirda mingdan ortiq italiyalik harbiylar BMTning Livandagi muvaqqat kuchlari (UNIFIL) tarkibiga kirganini eslatdi.
Ma’lumot uchun, Tayani 2023 yil noyabr oyida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ham o‘tish davrida Falastin va Isroil o‘rtasida tinchlikni saqlash uchun UNIFIL misolida BMT missiyasini yaratish imkoniyati mavjudligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qozog‘iston Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlariga tinchlikparvar kuchlarini yuborishi xabar qilingandi. Bunday taklif Prezident Qosim-Jomart To‘qayev tomonidan deputatlar muhokamasiga kiritilgan. Parlament a’zolari bir ovozdan tinchlikparvar kuchlarni yuborishga ovoz berishga rozi bo‘lgan.
LiveBarchasi