Italiya AQSH va Yevropa yetakchilarini sammitga chaqirmoqda

Olam

image

Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni AQSH, Yevropa davlatlari va ittifoqchilari o‘rtasida favqulodda yig‘ilish o‘tkazishni taklif qilmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh vazir Jorjiya Meloni kecha, 28 fevral kuni Oq uyda AQSH Prezidenti Donald Tramp va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi kelishmovchilikdan so‘ng ushbu bayonotni bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sammitdan ko‘zlangan maqsad “Ukrainadan boshlab, zamonamizning jiddiy muammolarini qanday yengish”ni muhokama qilishdan iboratdir.

“Biz shu yillar davomida birgalikda himoya qilgan Ukrainadan boshlab bugungi asosiy muammolarni qanday hal qilish niyatimiz va kelajakda duch keladigan muammolar haqida ochiq suhbat qurishimiz uchun AQSH, Yevropa davlatlari va ittifoqchilar o‘rtasida zudlik bilan sammit zarur”, dedi Bosh vazir.

Siyosatchining aytishicha, Italiya yaqin orada bu taklifni hamkorlariga yo‘llaydi.

“G‘arbdagi har bir bo‘linish barchamizni zaiflashtiradi va bizning sivilizatsiyamizning tanazzulga uchrashini xohlaydiganlarga foyda keltiradi”, deya qo‘shimcha qilgan Meloni.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Oq uyda amerikalik mavqedoshi Donald Tramp bilan munozaradan so‘ng, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va NATO Bosh kotibi Mark Ryutte bilan qo‘ng‘iroqlashgandi. Ushbu muloqotning qanday kechgani ochiqlanmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Italiya Jorjiya Meloni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing