Zelenskiy Oq uydagi janjaldan so‘ng Makron va Ryutte bilan gaplashdi
Olam
−
01 mart 2025 17312 2 daqiqa
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Oq uyda amerikalik yetakchisi Donald Tramp bilan munozaradan so‘ng, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va NATO Bosh kotibi Mark Ryutte bilan qo‘ng‘iroqlashdi. Bu haqda “Financial Times” jurnalisti Kristofer Miller Ukraina yetakchisi atrofidagi manbalariga tayanib xabar berdi.
Zelenskiy va Makron telefonda aynan nimani muhokama qilgani noma’lumligicha qolgan. Biroq jurnalistning qo‘shimcha qilishicha, ularning suhbatidan so‘ng Ukraina Prezidenti NATO Bosh kotibi Mark Ryuttega ham qo‘ng‘iroq qilgan. Bu suhbatning mazmuni ham noma’lumligicha qolgan.
“Prezident Zelenskiy hozirgina Fransiya Prezidenti Makron bilan telefonda gaplashdi va hozir NATO Bosh kotibi Ryutte bilan aloqada, dedi menga Ukraina yetakchisiga yaqin odam”, deb yozdi jurnalist.
Oq uydagi janjal
Kecha, 28 fevral kuni Vladimir Zelenskiy va Donald Tramp Oq uyda uchrashdi. Ikki lider AQSH va Ukraina o‘rtasida foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuv imzolashi kutilgan edi. Biroq uchrashuv qizg‘in ohangda bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Tramp Zelenskiyni bir necha bor noshukurlikda ayblagan.
Uchrashuvdan so‘ng, Zelenskiy Amerikaga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi va “Ukrainaga adolatli va mustahkam tinchlik kerak va biz aynan shu maqsadda harakat qilyapmiz”, deb aytdi.
Ko‘plab yevropalik siyosatchilar, jumladan Emmanuel Makron Tramp bilan bo‘lgan janjaldan keyin Ukraina rahbarini qo‘llab-quvvatladi.
“Agressor – Rossiya. Agressiya qurboni esa Ukraina. Biz yordam berganlarga rahmat aytishimiz kerak, lekin boshidanoq kurashganlarni hurmat qilishimiz kerak”, degan Fransiya Prezidenti.
Live
Barchasi