Italiya hukumati mafiyaga qiyoslandi

Olam

image

Italiya tashqi ishlar vaziri Luiji Di Mayo Facebook’dagi o‘z sahifasida Germaniyada chop etiladigan “Die Welt” nashrini qattiq tanqid qildi. Gazetada “Italiya mafiyasi Bryusseldan pul kutmoqda”, degan sarlavhada maqola e’lon qilingan edi.

Gazeta bu holatni Italiya hukumatining koronavirusga qarshi kurashda Yevropa Ittifoqidan yordam kutayotgani bilan izohladi.

Vazir nemis gazetalarining nashrlarini “uyatli” va “nomaqbul”, deb atadi. Shuningdek, u rasmiy Berlin gazetada chiqqan materialga munosabat bildirishiga umid bildirdi.

Avvalroq, Italiyaning “La Stampa” gazetasi, o‘zining yuqori manbalariga tayanib, koronavirus bilan kurashish uchun Rossiyaning aksariyat buyumlarini “foydasiz”, deb yozgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya

Baholaganlar

218

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing