Iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarayotgan sexlar aniqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning uch hududida iste’molga yaroqsiz yog‘ mahsulotlari ishlab chiqarayotgan sexlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Payariq, Oqdaryo va Kitob tumani bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.

Ularda, “Paxtaobod” va “Primkent” MFYda yashovchi fuqarolar R.Sh., A.R. o‘z uylarining yordamchi xo‘jaligida yashirin sex tashkil etib, iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yog‘ mahsuloti ishlab chiqarayotgani aniqlanib, ushbu sexlardan jami 263 litr qo‘lbola yog‘, 68 kg chigit va boshqa tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston IIB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing