Istanbulni qalin qor qopladi (fotoreportaj)
Olam
−
15 fevral 2021 6056 1 daqiqa
Turkiyaning Istanbul shahrini qalin qor qopladi. Shaharning ba’zi hududlarida qor qoplamining balandligi 20 santimetrga yetgan.
Shahar gubernatori Ali Yerlikayyaga ko‘ra, Istanbuldagi barcha ta’lim muassasalari kuchli qor tufayli 17 fevralgacha yopilgan.

"Kuchli qor yog‘ishi va bo‘ronli shamol davom etmoqda. Biz chorshanba kunigacha barcha ta’lim muassasalarimizda an’anaviy o‘qishni to‘xtatmoqdamiz", deyilgan gubernator bayonotida.
Noqulay ob-havo tufayli Bosfor orqali parom qatnovi to‘xtatilgan.

Aeroportlar esa normal rejimda ishlamoqda, ammo ba’zi reyslar kechiktirilishi ta’kidlangan.

Sinoptiklarning fikriga ko‘ra, qor yog‘ishi besh kungacha davom etishi mumkin.





Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28