Istanbulga uchgan samolyotda O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Olam

image

Toshkentdan Istanbulga uchgan samolyotda 78 yoshli o‘zbekistonlik vafot etdi. Bu haqda O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi ma’lum qildi. 

Kecha, 11 yanvar kuni O‘zbekiston Havo yo‘llarining  Toshkent-Istanbul yo‘nalishidagi HY271 raqamli aviaparvozi Anqara shahriga favqulodda qo‘nishi amalga oshirilgan.

O‘rganilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 1946 yilda tavallud topgan O‘zbekiston fuqarosi X.T. davom etib kelayotgan surunkali kasallikka shifo topish ilinjida Turkiyaning Istanbul shahriga ketayotgani, biroq parvoz chog‘ida bemorning sog‘lig‘i yomonlashgani va yurak xurujini boshdan kechirgani aniqlangan. 

Ekipaj hamda yo‘lovchilar hamrohligida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda yurak pulsining to‘xtashi kuzatilgach, tibbiy ko‘nikmaga ega bo‘lgan kishilar tomonidan yurak massaji qilingan. Biroq muolajaga qaramasdan u hayotdan ko‘z yumgan.

“O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi tomonidan vatandoshimizga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilganini hamda marhum jasadining 12 yanvar kuni O‘zbekistonga jo‘natilishi ta’minlanganini ma’lum qilamiz. Marhumning yaqinlariga sabr va chuqur ta’ziya bildirgan holda, Turkiyada bo‘lib turgan fuqarolarimizdan yuqoridagi kabi holatlar sodir bo‘lganda Elchixona Konsullik bo‘limining +903124411746/+903124413871 telefon raqamlariga murojaat qilishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing