Istanbuldan maxsus reportaj. O‘zbeklar ishlaydigan bozor bo‘sh qoldi (video)

Olam

Laleli. Istanbulning eng gavjum nuqtalaridan biri. O‘zbekiston buyum bozorlariga shu yerdan kiyim-kechak, oltin olib ketib sotiladi. 

Odatda bu yerda markaziy osiyolik muhojirlarni har qadamda uchratasiz. Ayniqsa, Turkmaniston va o‘zbekistonliklarning ko‘p qismi shu bozorda ishlaydi. Oddiy kunlarda bu ko‘chalar odamlarga to‘ladi. Pandemiya sabab Istanbul kabi yirik shaharlarda komendantlik soati e’lon qilingan. Laleli bozori ham yopiq. 

Turkiyada o‘zbek muhojirlari minglab topiladi. Ular asosan Istanbulda va Anqara shaharlarida yashaydi. Ayollarning ko‘pchiligi enagalikka yonlanadi. Erkaklar esa bozorlarda ishlaydi yoki restoranda choy tashiydi. 

Turkiya O‘zbekiston uchun koronavirus keng tarqalgan qizil mamlakatlar ro‘yxatida turibdi. Bu mamlakat allaqachon o‘zbekistonliklarga eshiklarini ochmoqchi ekanini ma’lum qildi.

Komendantlik soati yakshanba kuni soat 18:30 gacha davom etdi. Bu vaqtda ko‘chaga chiqish butkul cheklangan. Faqat xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun ko‘chaga chiqishga, sayr qilish, muzeylarga borishga ruxsat bor. 

Shaharning turizm markazi bo‘lgan Sulton Ahmad jomesi namozxonlar va turistlar uchun ochiq. Yakshanba kuni tamaddixonalar xo‘randalarni qabul qilmadi. Taomlarni faqat uyga buyurtma qilish yoki olib ketish mumkin.

Prezident Erdo‘g‘an esa koronavirusdan qutulishni maska, ozodalik va ijtimoiy masofada ko‘rayotganini aytadi. 

O‘tgan hafta Turkiyada koronavirusni davolashning yangi usuli tajribadan muvaffaqiyatli o‘tdi. Diyorbakirlik professor doktor Hikmat Selchuk Gedik koronavirusga chalingan bemorni ultrabinafsha nurlari orqali davoladi.

Ma’lumot o‘rnida, Turkiyada koronavirusga chalinganlar 197 239 kishi koronavirusga chalingan. O‘lim holatlari esa 5097 tani tashkil etmoqda. Bemorlarning 170 595 nafari sog‘aygan. 

Turkiyadan QALAMPIR.UZ uchun maxsus
Dilmurod Kalonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Istanbul Turkiya

Baholaganlar

156

Reyting

3.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing