Istanbuldagi universitet shifoxonasida yong‘in va portlash yuz berdi
Olam
−
01 noyabr 2020 8073 1 daqiqa
Turkiyaning Istanbul universitetining tibbiyot fakulteti shifoxonasida yong‘in chiqdi. Bu haqda “Haberler” nashri xabar berdi.
Yong‘in Istanbul universiteti hududidagi qurilayotgan imoratda kelib chiqqan. Yong‘in vaqtida portlash ovozi eshitilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in binoning tomidagi qurilish materiallari yonishi natijasida kelib chiqqan.
Qayd etilishicha, voqea joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar yong‘inni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lishgan. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tergov harakatlarini boshlab yuborishgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust