Istanbuldagi Do‘lmabahche saroyida yong‘in chiqdi
Olam
−
04 mart 2022
3797Istanbuldagi tarixiy yodgorliklardan biri, sulton Abdulmajid I davridan qolgan qarorogoh – Do‘lmabahche saroyida yong‘in chiqdi. Bu haqda mahalliy nashrlar bong urmoqda.
Qayd etilishicha, bugun, 4 mart tongida saroyning tarixiy asarlar qayta tiklangan duradgorlik ustaxonasida yong‘in chiqqan.
Muzey-qarorgoh xodimlari vaziyatni payqab, o‘t o‘chiruvchilarni xabardor qilgan.
Beshiktosh va Beyo‘g‘lu hududlariga qarashli o‘t o‘chiruvchilar zudlik bilan yong‘inni o‘chirish uchun yetib kelgan. Yonhin xavfsizligi xizmati xodimlarining sa’y-harakati natijasida yong‘in tezda bartaraf etilgan.
Ma’lum qilinishicha, olov duradgorlik sexidagi kompressordan chiqqan.
Ma’lumot uchun, ushbu saroy 1842-1853 yillarda sulton Abdulmajid I tomonidan barpo etilgan. Uning umumiy maydoni 4500 kv metr.
1889 yilga kelib sulton Abdulhamid qarorgohini Do‘lmabahche saroyidan Yulduz saroyiga ko‘chiradi. Ammo hokimiyatning keyingi vorislari mamlakat boshqaruvini Do‘lmabahche saroyidan olib bordi. Turkiya Respublikasining Birinchi Prezidenti Mustafo Kamol Otaturk Do‘lmabahche saroyida 1923 yildan 1938 yilgacha yashab, faoliyat yuritdi. 1938 yilning 10 noyabr kuni ushbu saroyda vafot etdi.
1952 yilda Hukumat saroydan haftada bir kun muzey sifatida foydalanishga ruxsat berdi. U 1964 yilda to‘liq muzeyga aylantirildi va 1971 yilda yopildi. Shundan so‘ng, bir necha bor u vaziyatga ko‘ra ochilib, keyin yana yopilgan.
1984 yildan buyon saroy uzluksiz ravishda muzey sifatida ishlab kelmoqda.
LiveBarchasi