Istanbuldagi binoda portlash yuz berdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Turkiyaning yirik megapolisi Istanbulning Kadiko‘y tumanida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi, ularning orasida chet el fuqarosi ham bor. Ammo u qaysi davlat fuqarosi ekani noma’lum. Bu haqda shahar gubernatori Ali Yerlikaya ma’lum qildi.

“Afsuski, Kadiko‘yda tabiiy gaz portlashi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi. Binoda qidiruv davom etmoqda”, deb yozdi gubernator Twitter’da.

Yong‘in taxminan bir soat davom etgan va ko‘plab o‘t o‘chiruvchilar harakati bilan 

Anadolu ma’lumotiga ko‘ra, portlash mahalliy vaqt bilan soat 19:00 da sodir bo‘lgan. Natijada bir binoda yong‘in kelib chiqqan, keyin yong‘in qo‘shni ikkita uyga o‘tgan. Yong‘inni o‘chirishda 56 kishi va 19 dona texnika ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul portlash

Baholaganlar

145

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing