Istanbuldagi avtovokzaldan bomba topildi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiyaning Istanbul shahridagi avtovokzaldan portlovchi moslama topildi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu ma’lum qildi, deb yozmoqda "Hurriyet".  

Unga ko‘ra, mamlakatda taqiqlangan Kurdiston Ishchilar partiyasi a’zolari 5 kg miqdorda portlovchi moddalar keltirgan. 

Qurilma mashinadan topilgan va zararsizlantirilgan. 

Sulaymon Soyluning so‘zlariga ko‘ra, hujumning oldini olish politsiyaning hushyorligi va razvedka xizmatlari faoliyati natijasida amalga oshirilgan. 

Amaliyot natijasida ikki kishi hibsga olingan. 

"U yerda minglab odamlar bor edi. Portlovchi moddalarni o‘rnatganlar ushlandi", degan Soylu.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul

Baholaganlar

179

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing