Istanbulda jinsiy qullikdagi 35 nafar O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari topildi

Olam

image

Turkiyada Istanbul shahrida ko‘plab o‘zbekistonlik ayollar fohishalikdan ozod etildi. Bu haqda turk nashrlari xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, mamlakat politsiyasi tomonidan Istanbul shahrida jinsiy qullikda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayollar qutqarilgan. Politsiya xodimlari tomonidan tezkor operatsiya o‘tkazilgan.

Tadbir davomida O‘zbekiston va Qirg‘izistondan kelgan ayollarni fohishalik bilan shug‘ullanishga majbur qilgan jinoiy guruh aniqlangan. 

Tezkor operatsiya bir vaqtning o‘zida shaharning 7 yirik tumanida o‘tkazilgan. Politsiya 30 dan ortiq fohishalik xizmatlari ko‘rsatilayotgan uylarni aniqlagan. 

“Tezkor tadbir natijasida 85 nafar ayol jinsiy qo‘llikda saqlab kelinayotgani aniqlangan. Ulardan 35 nafari O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lgan. 

Jinoiy guruh a’zolari internet orqali ayollar bilan tanishib, ishqiy yozishmani yo‘lga qo‘yishgan. Keyinchalik turmushga chiqish bahonasi bilan ularni Turkiyaga taklif qilishgan. Kelgan ayollar fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlangan.

Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilgan, ayollarni esa o‘z vatanlariga deportatsiya qilish masalasi hal qilinmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul Fohishalik

Baholaganlar

233

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing