Istanbulda Yevropadagi eng tezyurar metro liniyasi ish boshladi (video)

Olam

image

Istanbulda Yevropadagi eng tez harakatlanuvchi yangi metro liniyasi ishga tushirildi. Bu haqda “Sabah” sayti xabar berdi.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, poyezdlar yangi liniya bo‘ylab 90-120 km/soat tezlikda harakatlanadi. Metro liniyasining uzunligi 69 kilometrni tashkil etadi. U kuniga 800 ming yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan. Bu yangi yo‘nalish Turkiya metropoliyasini uning Yevropa qismidagi xalqaro ayeroporti bilan bog‘laydi. Kelajakda mazkur metro liniyasini Istanbulning Osiyo qismi bilan ham bog‘lash rejasi borligi ma’lum qilindi. 

Shuningdek, ochilish marosimiga kelgan Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ushbu loyihani amalga oshirish orqali Turkiya dunyoga metro qurilishida o‘z kuchi va imkoniyatlarini ko‘rsatganini aytdi.

Ma’lumot uchun, metroning so‘nggi bekati Istanbul xalqaro ayeroporti oldida joylashgan. Aeroport 2019 yildan beri faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Aeroport 2025 yilga kelib bir yilda 150 millionga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Turkiya Evropa metropoliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing