Istanbulda yana zilzila bo‘ldi (video)
Olam
−
23 aprel 2025 10702 1 daqiqa
Bugun, 23 aprel kuni Turkiyaning Istanbul shahrida yuz bergan 6,2 magnitudali birinchi zilziladan keyin magnitudasi 3,1 dan 4,9 gacha bo‘lgan o‘nta aftershok qayd etildi. Bu haqda Turkiya Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar boshqarmasi (AFAD) xabar berdi.
Qayd etilishicha, 6,2 magnitudali zilzila mahalliy vaqt bilan soat 12:49 da sodir bo‘lgan bo‘lsa, soat 12:51 da yerosti silkinishi (5,9) qayd etilgan. Undan keyin 4,4, 4,8, 4,5 va 4,9 magnitudali zilzilalar kuzatilgan. 13:07 dan boshlab silkinishlar kuchi 3,4 dan 3,1 gacha pasayishni boshlagan.
Mahalliy mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, yerosti silkinishlari hali davom etishi mumkin. Ayni damga qadar qancha odam zarar ko‘rgani, qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 23 aprel kuni Istanbulda katta vahima uyg‘otgan 10 soniyalik zilzila kuzatilgandi. U Silivri tumani sohilida sodir bo‘lgan. Zilzila epimarkazi 6,99 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025