Istanbulda mashhurlar yana narkotik bilan ushlandi
Olam
−
15:19 1971 2 daqiqa
Turkiyaning Istanbul Respublika Bosh prokuraturasi huzuridagi Kontrabanda, narkotik va iqtisodiy jinoyatlarni tergov qilish byurosi tomonidan olib borilgan tergov doirasida 17 kishi hibsga olindi. Ularning orasida bir nechta mashhur nomlar ham bor. Bu haqda bugun, 17 fevral kuni Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Tergov doirasida “iste’mol qilish maqsadida giyohvand yoki psixotrop modda sotib olish, qabul qilish yoki saqlash yoxud giyohvand yoki psixotrop modda iste’mol qilish”, “fohishalikni rag‘batlantirish va vositachilik qilish” hamda “giyohvand yoki psixotrop modda iste’molini osonlashtirish” jinoyatlari bo‘yicha 25 nafar gumonlanuvchiga nisbatan maxsus operatsiya o‘tkazilgan va 17 kishi hibsga olingan. Ularning uylaridan jami 52,46 gramm “marixuana” topilgan.
Qo‘lga olingan shaxslar:
- Ismoil Hojio‘g‘li;
- Murot Dalqilich (xonanda);
- Kaan Tango‘ze (“Duman” guruhi solisti);
- Hoqon Tunchelli (“Terzi” nomli muassasa sohibi);
- Murod Javohiro‘g‘li;
- Barish Talay;
- Hoqon Hakiz;
- Kamol Dog‘ulu;
- Murod O‘zturk (tadbirkor);
- Murodxon Kurt (“Züber” hamkori);
- Noiljon Kurt (“Züber” hamkori);
- Alixon Toshqin;
- Tolga Sezgin;
- Ramazon Bayar;
- Aygun Aydin;
- Buse Go‘rkem Narji;
- Furqon Kochan.
8 nafar gumonlanuvchini qo‘lga olish bo‘yicha qidiruv ishlari davom etmoqda, qo‘lga olingan shaxslarning protsessual harakatlari esa tegishli bo‘lim boshqarmalari tomonidan amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvlroq ham Turkiyada mashhur qo‘shiqchilar va aktyorlar giyohvand moddalarni targ‘ib qilish va kontrabanda bilan bog‘liq ish doirasida hibsga olingandi. Ularning orasida Hadise, Dilan-Engin Po‘lat, Simge Sag‘in, Demet Evgar va Kubilay Aka kabi taniqli shaxslar ham bor edi.
E’zoza Olimova
Live
Barchasi