Istanbulda “Fenerbaxche” va MYU muxlislari mushtlashdi (video)
Sport
−
25 Oktabr 2024 8777 1 daqiqa
Kecha, 24 oktyabr kuni Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi muxlislari Istanbulda “Manchester Yunayted” muxlislariga hujum qildi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, janjal jamoalarning Yevropa ligasidagi o‘yini oldidan Istanbulda sodir bo‘ldi. Janjal oqibatida jiddiy jarohat olanlar borligi aniqlandi.
Mushtlashuvda 50 ga yaqin turkiyalik ishqibozlar ishtirok etgan bo‘lsa, “Manchester Yunayted” tomonini bir necha kishi himoya qilgan.
Ma’lumot uchun, “Fenerbaxche” va “Manchester Yunayted” o‘rtasidagi o‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr