Istanbulda 8 qavatli bino quladi

Olam

image

Bugun, 6 fevral kuni Turkiyaning Istanbul shahri Kartal tumanida 8 qavatli bino quladi. 2 kishi yaralangan holda vayronalar ostidan qutqarildi. Anadolu Bosh prokuraturasi binoning qulashi bo‘yicha surishtiruvni boshladi. Bu haqda CNN xabar berdi.

 

O‘rxantepa mahallasi Banklar ko‘chasida portlash bo‘lgan. Portlash haqida hozircha ma’lumot yo‘q. Bino portlashdan keyin qulagani ma’lum.  

 

Voqea joyiga ko‘plab politsiya, o‘t o‘chirish va tez tibbiy yordam guruhlari yetib borgan. Qutqaruv ishlariga ko‘ngilli xalq vakillari ham qo‘shilgan. Binoda 12 ta kvartira joylashgan va unda odamlar bo‘lgani aytilgan.

 

Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, vayronalar ostida qolganlar halok bo‘lgan. O‘rxantepa mahallasi muhtori Zeki Dog‘ esa binoda 14 ta xonadon bo‘lganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, binoda 27 kishi istiqomat qilgan. Vayronalar ostida 5 ta avtomobil va 15 kishi qolib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul

Baholaganlar

24

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing