Istanbulda 545 noqonuniy muhojir qo‘lga olindi
3-sahifa
−
05 mart 2024 5938 2 daqiqa
Turkiyaning Istanbul shahrida xalqaro odam savdosiga qarshi kurash doirasida olib borilgan amaliyotlar chog‘ida 545 nafar noqonuniy muhojir qo‘lga olindi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.
Qayd etilishicha, Istanbul politsiya boshqarmasi, Immigrant kontrabandasiga qarshi kurash va Chegara boshqarmasi guruhlari Istanbulda muhojir kontrabandasi va odam savdosiga qarshi kurash uchun bir qator tadbirlarni boshlagan.
Guruhlar Bayrampasha, Fotih va Zeytinburnu tumanlaridagi ko‘chalar, xiyobonlar, parklar va jamoat joylarini o‘z ichiga olgan ko‘plab turg‘un va mobil nuqtalarda 24 ta mobil transport vositasi bilan dastur uyushtirdi.
Amaliyotlar davomida 11 ming 647 chet el fuqarosi tekshirilib, 545 noqonuniy muhojir qo‘lga olingan. Ular Bayrampasha davlat shifoxonasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng, Istanbul politsiya boshqarmasiga olib ketilgan. Muhojirlar hozircha qaysi davlat fuqarolari ekanligi ochiqlanmadi.
“Qo‘lga olingan noqonuniy muhojirlar politsiya bo‘limida tekshirilgandan so‘ng, Istanbul viloyati Immigratsiya boshqarmasiga yuborilishi ma’lum bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida “Madam Klod” taxallusi bilan tanilgan, xalqaro odam savdosi jinoyati doirasida qidiruvga berilgan Nilufar Mirxanova, firibgarlik ayblovi bilan xalqaro qidiruvda bo‘lgan va Turkiyada qo‘lga olingan Rita Xalilova, fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtirishda ayblanib, Turkiyada qo‘lga olingan yana ikki o‘zbekistonlik, keyinroq esa odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblangan Munisaxon Alijonova hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan qidiruvda bo‘lgan Saidumarxon Musayev Turkiyadan deportatsiya qilingandi.
Sarvar Xurramov
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025