Istanbulda halokatli zilzila bo‘lishini bashorat qilgan olim shahardan ketmoqchi
Olam
−
07 avgust 2023 14349 1 daqiqa
Turkiyaning Istanbul shahri va Marmar dengizi mintaqasida halokatli zilzila bo‘lishi haqida bir necha bor ogohlantirgan mashhur turk geologi va zilzilashunosi Jalol Shenger ushbu shaharni tark etishni rejalashtiryapti. Bu haqda “Turkiyaning asosiy yangiliklari” Telegram-kanalida хабар berildi.
“Men zilziladan keyin Istanbul bilan nima bo‘lishini bilaman. 14-15 mingta bino akkordeondek (musiqa asbobi) qimirlaydi, yana 50-60 ming bino qisman vayron bo‘ladi. Ko‘chaga yugurishga vaqtingiz bo‘lmaydi”, deb yozadi olim.
Ma’lumot uchun, Jalol Shenger Istanbul aholisini bir necha bor ehtimoliy halokatli zilziladan ogohlantirgan. U silkinish oqibatida 100 mingga yaqin odam qurbon bo‘lishi mumkinligini bashorat qilgan hamda Istanbul aholisini shahar markazini tark etishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya hukumati Istanbulni 7,2-7,6 balli zilzilaga tayyorlashni boshlagani haqida xabar qilingan edi.
Live
Barchasi